19:05 / 10.12.2015
7706

O‘zbekiston TIV: terrorchilikka qarshi kurash butun islom dunyosiga qarshi ziddiyatga aylanib ketmasligi kerak

O‘zbekiston TIV o‘rinbosari Dilyor Hakimov terrorchilikka qarshi kurashni islom dunyosiga qarshi ziddiyatga aylantirib yubormaslikka chaqirdi. Islom dinini esa o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikka asoslangan birlashtiruvchi va muqobillashtiruvchi vosita sifatida ishlatishni taklif qildi.

"O‘zbekiston o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni rivojlantirish va xalqaro muammolarni siyosat yordamida hal qilishni tarafdori. Terrorchilikka qarshi kurashni islom diniga qarshi ziddiyatga aylantirmaslik kerak", deydi Dilyor Hakimov.

Ushbu nuqtai nazarni, O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Belgradda bo‘lib o‘tgan YeXHT (OBSe) Tashqi ishlar vazirlar kengashida ma'lum qildi.

Hakimovning so‘zlariga qaraganda, dunyoda murakkab geosiyosiy vaziyat yuzaga kelgan, radikal terrorchi guruhlar alohida xavf tug‘dirmoqda, shu jumladan Afg‘oniston hududidagi jangari guruhlar ham.

O‘zbekiston siyosatchilarining fikriga ko‘ra, Afg‘onistondagi muammolarning yolg‘iz yechimi – tinch va siyosiy muzokaralar o‘tkazish.

“Har qanday keskin qarama-qarshilik va to‘qnashuvlar muammosini, xalqaro huquq qoidalariga so‘zsiz amal qilgan holda, tinch siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinligiga O‘zbekiston to‘liq ishonadi”, — dedi diplomat.

Mahalliy va global xavfsizlikni oshirish chorasi sifatida, O‘zbekiston o‘zaro hurmat, toqatlilik va madaniy bag‘rikenglik mafkurasini targ‘ib qilishni taklif qilmoqda.

Hakimovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillar davomida islomiy ilmlar markazi bo‘lgan O‘zbekiston, xalqlar va dinlararo munosabatlarda bag‘rikenglik, odamlar orasidagi munosabatlarda, millat va e'tiqodidan qat'i nazar, o‘zaro hurmat va hamjihatlilik tarafdori hisoblanadi.

“Bizning mamlakat, terrorchilikka qarshi kurash, islom dunyosiga qarshi ochiq yoki yashirin ziddiyatga aylanib ketmasligi kerak. Turli madaniyatlar va dinlar orasidagi munosabatlarda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat masalalari, ijtimoiy moslashuv muammosini hal qilish YeXHT gumanitar ishlar ro‘yxatidan ustuvor o‘rin egallashi kerak”, — dedi TIV vakili.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, shu o‘rinda regiondagi ekologiya muammolarida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan u, Orol dengizi muammosi O‘rta Osiyo mamlakatlarini birlashtiruvchi vosita bo‘lishi kerakligini ta'kidladi. Ushbu masalada, O‘zbekiston Amudaryo va Sirdaryo irmoqlarida yirik to‘g‘on va GESlar qurilishiga qarshi chiqqan. Chunki ushbu daryo havzalarida millionlab odamlarning hayotini ta'minlovchi vohalar joylashgan.

Hakimovning so‘zlariga qaraganda, regionda suv resurslaridan foydalanish masalalari, barcha mamlakatlar qiziqishini hisobga olgan holda, xalqaro huquq normalariga asosan, hal qilinishi kerak.

Top