12:00 / 10.12.2015
3390

"O‘zbektelekom" 2 yil ichida 16-marta provayderlar uchun internet xizmatlari narxini pasaytirdi

"O‘zbektelekom" AK 4 dekabrdan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 177,23 dollargacha pasaytirganini ma'lum qiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Bu kompaniya tomonidan provayderlar uchun narxlarning 16-marta pasaytirilishi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, tariflar bundan oldin ham bir necha marta: 1 yanvardan 259,29 dollargacha (1 Mbit/s uchun), 7 yanvardan 257,42 dollar, 8 yanvardan 253,74 dollar, 22 yanvardan 251,94 dollar, 27 fevraldan 240,2 dollar, 17 martdan 233,27 dollar, 2 iyundan 219,01 dollar, 11 iyundan 206,97 dollar, 1 iyuldan 205,12 dollar va 22 iyuldan 204,01 dollar, 3 avgustdan 202,9 dollar, 1 oktabrdan 201 dollar, 9 oktabrdan 199 dollar, 1 dekabrdan 190 dollar, 2 dekabrdan 185 dollargacha arzonlashtirilgan edi.

2014 yilda esa narxlar 6 marta pasaytirilgan: 2014 yil yanvaridagi 306 dollardan 2014 yil dekabridagi 265 dollargacha.

Top