17:38 / 10.12.2015
3582

Parijda Jak Shirak shifoxonaga yotqizildi

Fransiyaning sobiq prezidentlaridan biri Jak Shirak Parij shahridagi shifoxonalardan biriga keltirilgan. Bu haqda BFM telekanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, 83 yoshli sobiq siyosatchi o‘zini o‘ta yomon his qila boshlagach, uni shifoxonaga olib kelishga to‘g‘ri kelgan.

Bu haqda uning qizi gapirib bergan.

O‘z navbatida u otasining hayotiga jiddiy xavf tahdid solmayotgani haqida aytgan.

Jak Shirak shifoxonada jiddiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Top