08:59 / 10.12.2015
4912

"Roma" YeChLda antirekord qayd etdi

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida Ye guruhidan o‘rin olgan "Roma" jamoasi 18 imkoniyatdan 6 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Guruhning yana bir vakili "Bayyer" ham so‘nggi turda "Barselona" bilan durang o‘ynab, ochkolari sonini 6taga yetkazdi.

6 turdan keyin "Roma"da to‘plar nisbati 11-16, "Bayyer"da esa 13-12 bo‘ldi. Ya'ni, germaniyaliklarda yaxshiroq.

Lekin ayni vaqtdagi qoidalarga ko‘ra, guruhda ikki jamoa ochkolari teng bo‘lib qolganida, to‘plar nisbatiga emas, o‘zaro o‘yinlardagi natijalar hisobga olinadi. "Roma" va "Bayyer" o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlarda rimliklar yaxshiroq natija (1ta g‘alaba va 1ta durang) qayd etgani uchun ular pley-offga yo‘l olishdi.

Jamoalarning Germaniyada o‘tkazilgan birinchi o‘yinida 4:4 hisobi qayd etilgandi. Rimda kechgan uchrashuv esa "Roma"ning g‘alabasi bilan tugagan.

Shu tariqa, "Roma" oxirgi turda BATEni yenga olmasa ham (0:0), guruhdan chiqdi. Bu orqali rimliklar o‘tgan mavsumda "Zenit" qayd etgan antirekordni takrorladi. Villash-Boash boshqaruvidagi sankt-peterburgliklar ham o‘tgan mavsumda minimal ochkolar bilan YeChLning bahorgi o‘yinlariga yo‘l olishgandi.

Top