17:11 / 10.12.2015
6941

Ronaldu: Meni "Penaldu" deyishlari hiqildog‘imga keldi

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zini "Penaldu" deb atab, haqorat qilishlariga ortiq toqat qila olmasligini bildirdi. U o‘ziga bu laqab qo‘yilishi adolatsizlik ekanini ta'kidlagan.

Qayd etish kerak, u o‘yinlarda juda ko‘p marta penalti zarbasidan gol urishi orqali shunday laqab olgan.

"Statistikaga qarang. Men "Real" uchun nechta gol urganman. Axir ularning hammasini penaltidan urmaganmanku? Youtube`ga kiring va men qancha golni qanday qilib urganimni tomosha qilib chiqing", deydi u goal.com nashri orqali.

Top