22:06 / 10.12.2015
4507

Samarqand shahridagi “Afrosiyob” tarix muzeyida “Ozarbayjon” paviloni ochildi

Ozarbayjon madaniyatiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida 200 gektar hududni o‘z ichiga olgan qo‘riqxonada “Ozarbayjon” pavilonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Afrosiyob – Samarqand shahar tarixi muzeyidagi “Ozarbayjon” ko‘rgazmasi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan tashkil etildi. Unda ushbu mamlakat tarixi va madaniyati o‘z aksini topgan esdaliklar, moddiy-madaniy namunalar,

Ozarbayjon erkak va ayollarining milliy liboslari, gilamlar, milliy asboblar, kalagai bosh kiyimi, mamlakat madaniyati va gilamchilik san'ati to‘g‘risidagi kitoblar taqdim etildi.

Marosimda so‘z olgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbosov mazkur muzeydagi “Ozarbayjon” paviloni yordamida samarqandliklar va mazkur shaharga bashrif buyuruvchilar Ozarbayjon madaniyati va an'analari haqida keng ma'lumot olishini ta'kidlab o‘tdi.

Top