18:59 / 10.12.2015
3091

Samarqand va Jizzaxda «Ucell - Quvonch makoni» bolalar maydonchalari ochildi

Joriy yilning 9—10 dekabr kunlari Samarqand va Jizzaxda bolalar maydonchalarining tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Ular Ucell kompaniyasining ijtimoiy tashabbusi doirasida qurilgan bolalar maydonchalarining hisob bo‘yicha oltinchi va yettinchisi bo‘ldi.

5 yoshli Kamron Karimov o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi: «Menga maydoncha juda yoqdi, arg‘imchoqlar ham. Ucell’ga sovg‘a uchun rahmat. Men sport bilan shug‘ullanishni yoqtiraman. Shuning uchun karatega qatnashaman. Endi mashg‘ulotlardan oldin mushaklarimni qizidirib olish imkoniyatim bor».

Samarqand va Jizzaxdagi voqealar uzoq kutilgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, bolalar bilan qayerda sayr qilish bo‘yicha doim muammolar bo‘lgan. Masalan, bolalar aravachasi bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, shuning uchun yaqin-atrofdagi tor ko‘chalarni aylanib yurishga to‘g‘ri kelardi. Endi fuqarolarda bunday tashvishlar yo‘q, «Ucell — Quvonch makoni» har kuni respublika bo‘ylab barcha bolalar ko‘zlarini quvontirib boradi.

Ucell kompaniyasi korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha eksperti Umida Ziyamova izoh berdi: «Bugungi bayram bolalarga yoqdi va ularga har kuni yaxshi kayfiyat va kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Axir 2016 yil bejizga Sog‘lom ona va bola yili deb atalgani yo‘q. O‘zbekistonda yoshlarni munosib tarbiyalash, ularning baxti va kelajagi uchun mablag‘ ham, kuch-harakat ham, asosiysi, mehr va g‘amxo‘rlik ham ayalmaydi. Sport va jismoniy tarbiya yoshlarning doimiy hamrohiga aylanishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ucell kompaniyasi o‘zining ijtimoiy ko‘mak dasturini davom ettiradi. Zamonaviy va arzon aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan birga, Ucell jamoatchilik taraqqiyotiga ham o‘z hissasini qo‘shadi».

Uzoq kutilgan ochilish marosimiga yosh ijodkorlar, bolalar va ularning onalari, tashkilotchilar, mahalla faollari, mahalliy hokimiyatlar vakillari yig‘ildi.

Aholi o‘rtasidagi so‘rov: Maydonchaga talab bormi?

Xolida Rasulova, Samarqand: «Biz shu atrofda turamiz, shuning uchun bu maydoncha paydo bo‘lganidan xursandmiz. Avvallari bolalar bilan qayerda yig‘ilishni bilmasdik, endi Ucell kompaniyasi tashabbusi tufayli o‘ynash uchun ajoyib va, asosiysi, himoyalangan joy bor».

Anastasiya Sokolova, Jizzax: «Men shu yerda o‘sganman, hozir boshqa joyda turaman, biroq ota-onamnikiga tez-tez kelib turaman. Endi onamni yanada ko‘proq ziyorat qilib turish uchun yana bir sabab paydo bo‘ldi».

Manzura Otabekova, Samarqand: «Bolaligimda o‘zim ham bu yerda mana shunday maydoncha qurilishini istaganman. Hozir farzandlarimizning orzulari ro‘yobga chiqdi, desa ham bo‘ladi.Ishonchim komilki, bu yerda ko‘p sayr qilamiz».

«Ucell — Quvonch makoni» kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan yillik ijtimoiy-iqtisodiy ko‘mak dasturiga kiruvchi ijtimoiy tashabbusdir. Loyiha butun O‘zbekiston bo‘ylab 12 ta bolalar maydonchasini qurishni ko‘zda tutadi. Ucell kompaniyasi loyihani amalga oshirishda ko‘mak bergani uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari vakillariga, shuningdek, ushbu loyihani ma'qullagan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildiradi.

Reklama huquqi asosida

Top