15:18 / 10.12.2015
4332

Sardor Rashidov "Al Jaish" tarkibidagi sakkizinchi goliga mualliflik qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov Qatar chempionatining navbatdagi tur o‘yinida ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Yulduzlar Ligasining “Al Jaish” klubida faoliyat olib borayotgan Rashidov 12-tur doirasidagi “Umm Salal” jamoasiga qarshi o‘yinning 21-daqiqasida maydonga tushdi va 74-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Uchrashuv 3:2 hisobida “Al Jaish”ning mag‘lubiyati bilan yakun topdi.

Hozirgi vaqtda “Al Jaish” musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Sardor Rashidov esa shu vaqtga qadar 12 o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.

Top