23:28 / 10.12.2015
4519

Shvaynshtayger Ridning yuziga urgani uchun 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

"Manchester Yunayted" jamoasining germaniyalik tajribali futbolchilaridan biri Bastian Shvaynshtayger 3ta o‘yindan diskvalifikatsiya qilindi.

U "Vest Hem"ga qarshi o‘tkazilgan 15 tur uchrashuvida raqib himoyachisi Uinston Ridning yuziga urib, uni qulatgan, lekin bu vaziyat o‘yin hakamining e'tiboridan chetda qolgandi.
Lekin Angliya futbol uyushmasi bu vaziyatni o‘rganib chiqdi va futbolchi jazodan qochib qutila olmadi.

Top