23:16 / 10.12.2015
3792

Stiven Spilbergning “Bahaybat va rahmdil maxluq” filmi treyleri chiqdi

Rejissyor Stivena Spilbergning Disney kinokompaniyasida ishlangan “Bahaybat va rahmdil maxluq” filmining rasmiy treyleri e'lon qilindi. Video kinokompaniyaning YouTube dagi akkauntida e'lon qilingan. Uni bir kun davomida 1,3 million marta ko‘rishgan.

Bosh rollarni Mark Raylens va Rubi Barnxill ijro etishgan. Film premerasi 2016 yilning 1 iyulida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kartina Spilbergning Disney Pictures bilan ishlagan birinchi ishidir.
“Bahaybat va rahmdil maxluq”filmi Roald Dalning 1982 yilda yozilgan shu nomli romani asosida suratga olingan.

Top