18:45 / 10.12.2015
3523

Sud “Barselona” futbol klubiga savdo belgisi sifatida klub gerbi konturini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermadi

Lyuksemburgda joylashgan Yevropaning umumiy yurisdiksiya sudi Ispaniyaning “Barselona” futbol klubiga savdo belgisi sifatida klub gerbi konturini ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermadi. Bu haqda sudning rasmiy saytida chop etilgan qarorda ma'lum qilindi.

“Barselona” 2013 yilda savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan, biroq bu ariza Ichki bozorda uyg‘unlashtirish idorasi tomonidan rad etilgandi. Katalon klubi bu hukm yuzasidan Yevropaning umumiy yurisdiksiya sudida bahslashishga qaror qildi.

Yevropaning umumiy yurisdiksiya sudi, o‘z navbatida, klub gerbining qora konturi savdo belgisi standartlariga to‘g‘ri kelmasligi haqida qaror chiqardi, chunki bu kontur o‘ziga xos belgilarga ega emas va xaridorlarni jalb qilish borasida ko‘rimsizdir. Sudning ta'kidlashicha, konturdagi naqsh elementlari odatda tadbirkorlikda bezak elementi sifatida ishlatiladi va savdo belgisi bo‘la olmaydi.

Top