17:01 / 10.12.2015
2014

Times: britaniyalik mahbuslarga Skype`dan foydalanish imkoniyati berilishi mumkin

Britaniya Adliya vazirligi maslahatchisi Martin Neri mamlakatda qamoqda bo‘lganlarga planshetda Skype orqali o‘z qarindoshlari bilan gaplashish imkonini berishni taklif qildi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

«Qamoqdagilar ancha vaqtini kameralarda o‘tkazishadi. Biz mazkur vaqtni samaraliroq o‘tkazish imkoniyatini taqdim etishimiz zarur», — deya ta'kidladi u.

Uning fikricha, mahbus haftada bir marta ustozlari bilan uchrashib turishi kerak. Keyinchalik maxsus topshiriqlarni bajarib, o‘z bilim doirasini kengaytirishi lozim bo‘ladi.

«1982 yilda men shu tizimga ishga kirganimda ularning ahvoli xarob holatda edi. Ularga radio eshitish uchun ruxsat berishgandi. Hozir ular Skype yoki FaceTime xizmatlaridan foydalanishi va o‘z farzandlarini ko‘rib turishlari kerak. Biz yangicha texnologiyalar orqali oilaviy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishimiz lozim», — deya qo‘shimcha qilgan Neri.

Nashrning yozishicha, hozirda mazkur taklifni Adliya vaziri Maykl Gouvning o‘zi ko‘rib chiqmoqda.

Top