16:48 / 10.12.2015
9886

Usmonov “Megafon”ning nazorat paketini Sberbankka garovga qo‘ydi

“AF Telekom xolding” “Megafon”dagi o‘z ulushining deyarli barchasini Sberbankka garovga qo‘ydi. Kredit tashkiloti ixtiyorida 1 aksiya kam 52 foiz qoldi. Bu ma'lumotlar yuridik shaxslar faoliyati faktlari to‘g‘risidagi yagona ma'lumotlar reyestrida aks etdi.

Uch yil muqaddam milliarder Alisher Usmonovning yana bir strukturasi – Telecominvest Holdings Ltd. uyali aloqa operatori aksiyalarining 40.33 foizini garovga qo‘ygandi. O‘shanda ular Sberbankka Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan edi.

“Megafon”ning hisobotlariga ko‘ra, III chorakda “AF Telekom”ga operatorning 52.0281 foizi tegishli edi. Ekspertlarning fikricha, garov “Megafon”ga Xitoyning China Development Bank moliyaviy tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kredit yoxud Norvegiyaning Telenor’ni sotib olish borasida takliflarning tayyorlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yana bir taxminga ko‘ra, Alisher Usmonovning strukturalari telekom sohasi chetidan aktivlar xarid qilib, biznesni diversifikatsiya qilmoqchi.

Top