19:33 / 10.12.2015
2332

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda ijtimoiy muhofaza bo‘yicha texnik seminar o‘tkazildi

10 dekabr kuni Kasaba uyushmalari kengashi o‘quv markazida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalariga bag‘ishlangan texnik seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Axborot xizmati xabar qildi.

Seminarda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi , O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ijtimoiy muhofaza borasidagi jahon andozalari va XMT strategiyasi, O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va yutuqlar, kelgusida soha rivoji xaqidagi ma'ruzalar tinglandi.
Shu bilan bir qatorda onalikni muhofaza qilish, tashkilotlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan noxush voqealardan sug‘urtalash bilan bog‘liq spetsifik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top