17:59 / 10.12.2015
2748

Yurgen Klopp: Starrij jarohatini yangilab olishida men aybdorman

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Daniel Starrijga ortiqcha yuklamalar berib yuborilganini ta'kidlab o‘tdi.

«Bu tizza yoki bel yoki oyoqdan olingan jarohat emas. Bu shunchaki pay qismidan olingan jarohat. Bu unga ortiqcha yuklamalar berilganiga ishora. Daniel oldin bo‘lgan jarohatlarning aksaridan mening xabarim yo‘q. Ammo davomli ravishda savol berishadi: «Starrij tayyormi?. Men javob beraman: yo‘q. Ammo yana bir futbolchi jarohat olgach, biz unga «Kel, bir sinab ko‘ramiz», dedik va...», - deya Kloppdan iqtibos keltiradi Daily Mail.

Eslatib o‘tish joiz, jarohati sabab yil oxiriga qadar safdan chiqqandi. Bu uning yil boshidan buyon olgan to‘rtinchi jarohati sanaladi.

Top