14:52 / 11.12.2015
6522

«'»: Xitoy don yetkazib beruvchi rossiyalik eksportchilarga qat'iy talablar qo‘ydi

Rossiya va Xitoy Rossiyadan Xitoyga don yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishdi. «Kommersant'» nashrining yozishicha, unda rossiyalik eksportchilarga qattiq talablar qo‘yilgan.

Mazkur hujjat yil oxiriga qadar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ammo dastlabki memorandumga ko‘ra, Xitoy donni faqatgina aniq hududlardan aniq shartlar asosida import qilishini bildirgan. Masalan Xitoy Oltoy va Krasnoyarsk o‘lkasi, Novosibirsk va Omsk viloyatlaridan bug‘doy sotib olishga tayyor. Makkajo‘xori, soya va guruchni — Xabarovsk, Primorsk va Baykalbo‘yi o‘lkalari, shuningdek Amursk viloyati Yevreysk avtonom viloyatlari hududidan xarid qilishni istamoqda. Raps o‘simligi mahsulotlarini esa faqatgina Sibir va uzoq sharqiy hududlarda yetishtirilganlarini sotib olish niyatida.

Rosselxoznadzor bunday shartlarni xitoylik tekshiruvchilar faqatgina o‘sha hudud mahsulotlarining Xitoy xavfsizlik standartlariga muvofiq kelishini tekshirgani bilan izohlamoqda. Ammo bu shartlarning eng asosiysi emas. Xitoy tomoni don mahsulotlarini qoplangan holda yetkazib berishni talab qilmoqda. Ammo eng ommabop yetkazib berish yo‘li bu umumiy bitta idishga quyulgan mahsulot sanaladi.

«Butun dunyo bo‘yicha don quyma ko‘rinishda yetkazib beriladi. Rossiyaga esa donni qoplarda yetkazib berish taklif qilingan. Bu umuman past rentabelli yo‘l sanaladi», — deydi don mahsulotlari bo‘yicha kengash rahbari Arkadiy Zlochevskiy.

Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mamalakat o‘z bozoriga xorijiy mahsulotlarni shunchaki kiritib qo‘ymasligi, shu boisdan ular qo‘yayotgan talablar yuqori ekanini ta'kidlab o‘tgan.

Top