08:52 / 11.12.2015
6305

AQSh moliya vazirligi: IShID Suriya va Turkiyaga neft sotishdan oyiga 40 mln dollar daromad olmoqda

AQSh moliya vazirining terrorchilik va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Adam Shubin Suriya va Turkiya IShID terrorchilik guruhidan neft sotib olayotganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“IShID Asad tuzumiga neft sotishdan katta daromad olmoqda. Neftning bir qismi Turkiya chegarasi orqali ketmoqda”, deb aytdi Shubin.

Shubinning ta'kidlashicha, IShID neft sotishdan oyiga 40 mln dollar foyda olishi mumkin.

Avvalroq IShID jangarilar Suriya va Iroqdagi banklardan 1 mlrd dollargacha pul o‘g‘irlagani hamda qora bozorda neft sotishdan yana 500 mln dollar atrofida foyda olgani ma'lum qilingandi.

Top