12:26 / 11.12.2015
4096

«Augsburg» «mo‘'jizaviy iroda» ko‘rsatib, Yevropa Ligasining keyingi bosqichiga o‘tdi

Germaniyaning «Augsburg» klubi Yevropa Ligasining keyingi bosqichiga chiqish vazifasini uddaladi.

Qiziq tomoni klub buning uchun mehmonda Serbiyaning «Partizan» klubi ustidan uchta to‘p farqi bilan, yoki 3:1 hisobidan boshlab yirikroq ikki to‘p farqi evaziga g‘alaba qozonishi talab etilardi. Bir so‘z bilan aytganda jamoaning vazifasi «Arsenal»nikidan murakabbroq ko‘rinish olgandi.

O‘yinda «Augsburg» dastlab gol o‘tkazib yuborganiga qaramasdan ikkinchi bo‘limda uchta gol (ulardan biri so‘nggi daqiqalarda kiritilgan) kiritib vazifani uddaladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida "Atletik" "AZ Alkmar" bilan 2:2 hisobida durang qayd etgan va 13 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan. 

"Augsburg" va "Parizan" jamoalari esa 9tadan ochko to‘plagan. To‘plar nisbati "Augsburg"da 12-11, serblarda esa 10-14 ko‘rinishini hosil qilgan.

Top