09:52 / 11.12.2015
2751

Bayden va Dovudo‘g‘li Turkiya-Iroq munosabatlari keskinlashuviga qarshi chiqishdi

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden va Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li telefon orqali suhbatda IShID terroristik guruhiga qarshi kurash hamda Iroq hududiga turk qo‘shinlarining kiritilishi sababli vujudga kelgan ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy xabar qildi.

“Yetakchilar Iroqdagi hodisalarni muhokama qilib, Iroq suverenitetiga hurmat ruhida Turkiya va Iroq hukumatlari o‘rtasidagi keskinlikni bartaraf etish hamda IShIDga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyaning umumiy kuchlarini muvofiqlashtirish lozimligini ta'kidlashdi”, - deyiladi Qo‘shma Shtatlar prezidenti ma'muriyatining xabarida.

Bundan avvalroq esa Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on turk harbiylarining Iroq hududidan olib chiqilishi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini aytib o‘tgan edi.

Top