11:03 / 11.12.2015
4190

Bishkekda o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida ikki terrorchi yo‘q qilindi

Qirg‘iziston maxsus xizmati xodimlari tomonidan Bishkekning aholi zich yashovchi hududlaridan birida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida xalqaro terrorchilik tashkilotiga a'zo ikki nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“10 dekabr tunda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan “Vostok-5” kichik tumanida o‘tkazilgan kontrterror operatsiyasi davomida xalqaro terrorchilik tashkilotining bo‘limi faoliyati aniqlandi. Ularni qo‘lga olish vaqtida terrorchilar ochiq-oydin qurolli qarshilik ko‘rsatishdi. Natijada ikki nafar terrorchi yo‘q qilindi”, — deyiladi mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotida.

Ma'lum bo‘lishicha, maxsus operatsiya davomida mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining bir xodimi yaralangan, tinch aholi vakillari o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q.

Top