16:23 / 11.12.2015
3720

GoPro o‘zining Karma dronini namoyish qildi

Kameralar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan GoPro kompaniyasi o‘zining Karma deb nomlangan dronini namoyish qildi. Ushbu yangi mahsulot haqidagi videorolik YouTube saytiga joylandi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, dron 2016 yilda seriyali ishlab chiqariladi. Mazkur parvoz qurilmasining texnik xususiyatlari haqida ma'lumot berilganicha yo‘q. Faqatgina kamerali kvadrokopter 4K formatda tasvirga olishi ma'lum.
GoPro xabariga ko‘ra, Karma haqidagi batafsil ma'lumotlar keyinroq e'lon qilinadi.

Top