2015 yilning 7-11 dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash ishlari davom ettirildi.
Muzokaralar konstruktiv oqimda, do‘stona qo‘shnichilik ruhida va bir-birining manfaatlarini inobatga olgan holda bo‘lib o‘tdi.