18:18 / 11.12.2015
10596

Qanday qilib iPhone’da YouTuBe va Instagram’dan video ko‘chirib olish mumkin?

iOS operatsion tizimida videolarni ko‘chirib olish katta muammo tug‘diradi. Boshqa fayllarni ko‘chirib olish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, bundan kamchilikni bartaraf qilishning imkoni bor – bu Workflow ilovasi.

Workflow odatdagi harakatlarni avtomatlashtirish va bir nechta ilovalar funksiyasini bitta jarayonga jamlashga mo‘ljallangan. Unda bir nechta tayyor shablonlar mavjud. Ular turli xildagi talablarni qondiradi. Quyidagi Workflow shabloni orqali YouTuBe hamda Instagram’dan foto hamda videoni ko‘chirib olishingiz mumkin.

Dastlab Workflow ilovasi ko‘chirib olingach, Download YouTube (YouTuBe’dan ko‘chirib olish uchun) va Save from Instagram (Instagram’dan ko‘chirib olish uchun) havolalari orqali o‘tib, ushbu shablonlarni o‘rnatish kerak bo‘ladi.

Bu shablonlar oddiy ko‘rinishda ishlaydi. YouTube va Instagram’ga kirganda “Podelitsya” tugmasi bosiladi hamda Run Workflow kengaytmasi tanlanadi. Shundan so‘ng Workflow ochiladi hamda video yoki suratni ko‘chirib olish jarayoni boshlanadi. 

Top