Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev yaqin kunlarda Turkmaniston, Kuvayt va Qatar davlatlariga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, mazkur safar 11-15 dekabr kunlari amalga oshiriladi. Ashxobodga tashrif chog‘ida Almazbek Atambayev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashadi va «Betaraf siyosat: tinchlik xavfsizlik va taraqqiyot uchun xalqaro hamkorlik» deb nomlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Shuningdek u yerda Almazbek Atambayevning Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili bilan ikki tomonlama hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazishi ham rejaga kiritilgan.
12-14 dekabr kunlari Qirg‘iziston rahbari rasmiy tashrif bilan Kuvaytga borsa, 14-15 dekabr kunlari Qatarda amir Tamim bin Hamad at-Taniy bilan uchrashadi.