14:00 / 11.12.2015
2365

Qirg‘izistonda ShHT davlatlari mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bo‘yicha muzokaralar ketmoqda

Shanxay hamkorlik tashkiloti mudofaa idoralari o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi Qirg‘izistonda bugun, 11 dekabr kuni boshlandi. RIA Novosti agentligining xabar qilishicha, kun tartibidagi asosiy masala “Tinchlik missiyasi-2016” xalqaro aksilterror o‘quvlariga tayyorgarlik ko‘rishdir.Qirg‘iziston qurolli kuchlari harbiy tayyorgarlik markazi bazasida shtab muzokaralari boshlab yuborildi. Muzokaralarda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikiston vakillari ishtirok etmoqda.O‘quvlar keyingi yili Qirg‘iziston hududida o‘tishi kutilmoqda.

Top