13:48 / 11.12.2015
2117

Qozog‘istonda sanoat ishlab chiqarishi 11 oyda 1.5 foizga tushib ketdi

2015 yilning 11 oyi mobaynida Qozog‘istonda sanoat ishlab chiqarishining hajmi 1.5 foizga tushib ketdi. Bu haqda mamlakat milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qo‘mitasi xabar qildi.

“Sanoat ishlab chiqarishining hajmi 2015 yilning yanvar-noyabr oylarida amaldagi narxlarda 13 trln 096 mlrd tangani (42.2 mlrd dollar) tashkil qildi; bu 2014 yil yanvar-noyabridagi ko‘rsatkichlardan 1.5 foizga kamdir”, - deyiladi qo‘mita matbuot xizmati tarqatgan xabarnomada.

Idoraning ma'lum qilishicha, hisobot davrida qayta ishlash sanoati mahsuloti hajmi 0.3 foizga o‘sgan. Tog‘-kon sanoati va karerlarni ishlash hajmi 2.4 foizga tushib ketgan.
Qozog‘iston hukumati 2015 yil yakunlariga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1.8 foizga tushib ketishini kutmoqda. Shu bilan birga, 2016 yilda 0.4 foizlik o‘sishga umid qilinmoqda.

Top