11:24 / 11.12.2015
1808

Rayan Giggz «Suonsi» jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi yordamchisi vazifasini o‘tayotgan Rayan Giggz APL vakili «Suonsi» jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Manbaning xabar berishicha, Uels klubi rahbarlari kuni kecha iste'foga chiqarilgan Garri Monk o‘rniga yosh va iqtidorli, hujumkor futbolni yaxshi ko‘radigan murabbiyni jalb qilish niyatida.

«Suonsi» klubi xo‘jayini Xyuv Jyenkinsning qayd qilishicha, Giggz mazkur talablarga to‘liq javob bera oladigan nomzod sanaladi.

«Suonsi» APLning «Manchester Siti»ga qarshi o‘yiniga qadar 42 yoshli mutaxassis bilan olib bormoqchi emas. Rahbariyat Giggzning bu taklifga rozi bo‘lishiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Giggz «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaaldan keyin jamoani boshqarishga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Van Gaalning shartnomasi 2017 yilda nihoyasiga yetadi.

Top