15:58 / 11.12.2015
9927

Rossiya moliya vazirligi dollarning 100 rublgacha o‘sishi qanday oqibatlarga olib kelishini chamalab ko‘rdi

Rossiya moliya vazirligi dollar kursining rublga nisbatan keskin o‘sishini kutmoqda. Bunday bayonotni vazir o‘rinbosari Maksim Oreshkin Interfaks agentligiga berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya iqtisodiyoti jahonda neft narxining tushishiga moslashib bo‘ldi, endi ichki iqtisodiyotga tahdid solayotgan asosiy omil bo‘lib to‘lov balansi inqirozi turibdi.

“Iqtisodiyotning to‘lov balansi inqiroziga javobi talabning qisqarishidir. Natijada to‘lov balansi yangi muvozanatga keldi, va biz bugun neft narxlariga reaksiya u qadar kuchli emasligini ko‘rib turibmiz. Iqtisodiyot to‘lov balansi nuqtai nazaridan barreliga 40 dollar narxga moslashdi, shuning uchun 1 dollar narxi 100 rublga ko‘tarilishini kutishga sabab yo‘q”, - dedi Oreshkin.

Bundan tashqari, amaldor vaziyat me'yorga kelib, strukturaviy tushish to‘xtashiga ishonch bildirdi. “O‘zgarishlar nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish sharoitida sodir bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Vaziyat me'yorga kelib, struktur tushish to‘xtashi tugaydi”, - xulosa qildi u.

Top