22:11 / 11.12.2015
5393

Rossiya TIV: Kerrining mamlakatga tashrifi Rossiya-AQSh munosabatlarini me'yorga soladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, AQSh davlat kotibi 15 dekabr kuni Moskvaga keladi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan olib boriladigan muzokara davomida “Xalqaro muammolar yuzasidan ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi”, deb xabar beriladi tashkilot ma'lumotida.

"Rossiya—AQSh o‘rtasidagi munosabatlar qiyin bo‘lib qolmoqda. Ukraina inqirozi masalasida Vashington tomonidan tashlangan ziddiyatli qadamlar hamkorlagimizga berilgan jiddiy zarba bo‘ldi, - deb qayd etildi vazirlikda. – 2014 yilning mart oiyda AQSh ikki tomonlama prezidentlik komissiyasi faoliyatini “muzlatdi”. Rossiya fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan cheklangan chora-tadbirlar bosqichma-bosqchi olib borildi”.

"Harbiy sohada ham xavfli ziddiyatlar o‘rtaga chiqdi. Shu bois xalqaro muammolar yuzasidan hamkorlikda faoliyat olib borishni taklif qilamiz”, - deya ta'kidlandi Rossiya TIVda.

Top