17:10 / 11.12.2015
9120

Samarqandlik fuqaro tandir eksportini yo‘lga qo‘ydi

Samarqandning “Qo‘shchinor” mahallasida tandirsozlar avlodining davomchisi hisoblangan Masehjon Nasriyev istiqomat qiladi.
«Pravda Vostoka» nashrining yozishicha, u o‘zining birinchi tandirini maktabni tamomlagan vaqtda tayyorlagan. Uni o‘z do‘stiga sovg‘a qilgan.

Chinakam usta tomonidan yasalgan tandir bir necha yillar davomida egasiga xizmat qiladi. Masehjonning tandiri sinfdoshining oilasida bir yilcha ish beradi. Shunda u hali tandirchilikning nozik sirlarini to‘liq o‘zlashtirib olmaganini tushunib yetadi. Loy bilan ishlash faqatgina qattiq mehnat va chidamlilikni emas, balki uni tayyorlash bo‘yicha bilimlarni egallashni talab qilishini anglab yetdi.

Tandirsozlik ishini puxta o‘zlashtirgan M.Nasriyev endilikda bu hunarni o‘g‘li Yusufjonga ham o‘rgatmoqda. An'anaga ko‘ra, u ham ilk tandirini yaqin do‘stiga tortiq qildi.
Bugungi kunda Nasriyev tandirlari nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya, Amerika va Isroilda ham o‘z xaridorlarini topmoqda. Yaqinginada esa pochta orqali navbatdagi tandir Yaponiga yuborildi.

Top