11:37 / 11.12.2015
2018

Singapurda boshqaruvchisiz avtomobil sinovining yakuniy bosqichi boshlandi

Singapurda keyingi yilda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan boshqaruvchisiz avtomobillar sinovining yakuniy bosqichi boshlandi. Bu haqda respublika transport vazirligi ma'lum qilgan.

Ayni damda ushbu tarnsport vositasi ilmiy markazlardan birida va “Ko‘rfazdagi bog‘” sayyohlik markazida sinovlardan o‘tmoqda. Oradan bir qancha hafta o‘tib esa, uni sayyohlik orollaridan biri Sentosda sinovdan o‘tkazishadi. Keyingi yilning mart-aprel oylaridan boshlab, u shu yerdagi qatnovlarning asosiy vositasi bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Dastlab u bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga harakatlanadi. So‘ng avtomobillar kam va yo‘lovchi yo‘laklari ko‘p bo‘lmagan yo‘llarda qatnashni boshlaydi. Oradan 3-4 oy o‘tib esa esa “ana'naviy” avtomobillar qatnovchi yo‘llarda harakatlana boshlaydi.

Top