12:26 / 11.12.2015
4271

Suriyalik qochqinlardan iborat birinchi samolyot Toronto aeroportiga qo‘ndi

Bortida 163 nafar suriyalik qochqin bo‘lgan harbiy-transport samolyoti Toronto aeroportiga (Ontario viloyati)ga kelib qo‘ndi. Bu haqda AP agentligi ma'lum qilgan.

Kanada harbiy-havo kuchlarining mamlakatga suriyalik qochqinlarni olib kelishi haqda 9 dekabr kuni mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qilgan edi. "Qochqinlarni mamlakat hududiga joylashtirishimiz bizning kanadaliklar va butun yer aholisi oldidagi burchimiz ekanligini ko‘rsatib beradi. Kanada bu insonlar uchun ko‘p narsa qilib berish kerakligini tushunadi”, - degan edi o‘shanda bosh vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bort 12 dekabr kuni Monrealga (Kvebek viloyatiga) kelib qo‘nadi. Yo‘lovchilar soni va qochqinlar Kanadaga aynan qayerdan olib kelinishi haqida bosh vazir aytib o‘tmagan.

Top