09:35 / 11.12.2015
4606

Trampning Britaniyaga kiritilishini taqiqlash iltimosnomasi rekord o‘rnatdi

Buyuk Britaniya hukumati saytida chop etilgan, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Trampning Buyuk Britaniya hududiga kiritishni taqiqlash haqidagi internet-iltimosnoma 475 mingdan ko‘proq imzo to‘pladi va sayt tarixida imzo to‘plash bo‘yicha rekord hisoblanadi, deb xabar bermoqda NBC telekanali.

Avvalgi rekord Birlashgan qirollikka katta miqdorda muhojirlar kiritilishi va ularga katta ko‘mak berishga ruxsat berish haqidagi iltimosnoma tomonidan o‘rnatilgandi, bu iltimosnoma 446 mingdan ko‘proq imzo to‘plagandi.

Tramp musulmonlarning AQShga kelishini taqiqlash haqidagi nutqida “Londonning ba'zi qismlari aholisi shunchalik radikalki, hattoki shahar politsiyasi ham o‘z hayoti uchun xavotirlanadi”, deb aytgandi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron va London meri Boris Jonson Trampning bu so‘zlarini keskin tanqid qilishdi.

Avvalroq Tramp Buyuk Britaniya hukumati uning London haqidagi ushbu so‘zlariga minnatdor bo‘lishlari kerakligini aytgandi.

Top