18:57 / 12.12.2015
3652

14 dekabr kunidan Yaman hukumati bilan husiychilar o‘rtasida tinchlik sulhiga amal qilina boshlaydi

Husiychilar 14 dekabr kunidan boshlab Yaman hukumati bilan tuzilgan tinchlik sulhiga amal qilishlarini bildirdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Bundan oldinroq, Yaman prezidenti ikki tomon o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar stoli atrofida yig‘ilish taklifi bilan chiqqandi.

Yaman prezidenti noyabr oyida mamlakatga qaytib kelgandi. Uning qaytishi arafasida Adan shahri isyonchi husiychilar qo‘lidan butkul ozod qilingan va bu shahar hozirda Yaman poytaxti vazifasini bajarib turibdi.

Top