Burundi poytaxtidagi uchta harbiy bazaga qilingan hujum oqibatida halok bo‘lgan soni 87 nafarga yetdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Qurolli kuchlar vakilining ta'kidlashicha, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari ofitser bo‘lgan. 20 nafardan ziyod harbiy jarohat olgan.
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, 45 kishi hibsga olingan.