09:33 / 12.12.2015
2496

AQSh Davlat departamenti AQSh fuqarolariga Livanga bormaslikni tavsiya qilmoqda

AQSh Davlat departamenti AQSh fuqarolariga xavfsizlik nuqtai nazaridan Livanga bormaslikni tavsiya qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bundan tashqari, AQSh hukumati Livanda yashovchi va ishlovchi fuqarolariga u yerda bo‘lish
xatarlarini e'tiborlik bilan baholashni tavsiya qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Suriya bilan qo‘shni Livanda to‘satdan zo‘ravonlik holatlari avj olishi mumkin, mahalliy hukumat esa AQSh fuqarolari xavfsizligini ta'minlashni kafolatlay olmaydi.

O‘tgan haftada Livan shimolida terrorchi-xudkush o‘z uyini portlatib yuborgani oqibatida 3 kishi halok bo‘lgandi.

Top