16:53 / 12.12.2015
3960

"Chegara bilmas shifokorlar": Qunduzdagi shifoxona o‘qqa tutilishi tufayli qurbon bo‘lganlar soni 42 nafarga yetdi

AQSh Harbiy havo kuchlari samolyoti tomonidan 3 oktabr kuni Afg‘onistonning Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti shifoxonasi o‘qqa tutilishi tufayli halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetgan. Bu haqda BMT tomonidan berilgan ma'lumotda aytilgan.

Tashkilot tomonidan ma'lum qilinishicha, bu voqea yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlardan keyin yangi ma'lumotlar olingan.

Hisobotda aytilishicha, halok bo‘lganlarning 14 nafar shifoxona xodimlari va yordamchilar, 24 nafari esa bemorlar bo‘lgan.

Bundan oldinroq, ushbu hodisa qurbonlari soni 30 nafar bo‘lgani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktabrga o‘tar kechasi Qunduz shahridagi "Chegara bilmas shifokorlar" shifoxonasi AQSh harbiylari tomonidan o‘qqa tutilgan va mijozlar yotgan o‘rinlarida yonib ketgandi.

4 oktabr kuni “Chegarasiz shifokorlar” Qunduzdagi faoliyatini to‘xtatdi.

Pentagon rahbari AQSh tomonidan Qunduzda fojiaviy xatoga yo‘l qo‘yilganini tan olgan.

Obama Qunduzda shifoxona o‘qqa tutilgani uchun "Chegarasiz shifokorlar"dan uzr so‘ragan.

Top