20:06 / 12.12.2015
3387

Homsdagi terakt qurbonlari soni 22 nafarga yetdi

Suriyaning Homs shahridagi Al-Ahli gospitali oldida amalga oshirilgan terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda shifoxonadagi manbasiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar bergan.

Bundan tashqari, portlash tufayli jarohat olgan 70 nafardan ziyod kishi shifoxonaga keltirilgan.

"Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi. Shuningdek, 70lan ziyod kishi terakt sodir bo‘lgan hududdan og‘ir jarohatlar olgan holda keltirilgan. Biz ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatdik. Jarohatlanganlardan bir qismi boshqa shifoxonalarga yuborildi. Ulardan ko‘pchilikning ahvoli og‘ir. Terakt hududidan jarohatlanganlar olib kelinishi davom etmoqda. Portlashning ikkinchi to‘lqini tufayli ko‘pchilik jabrlangan", deydi manba.

Bundan oldinroq, Homs shahridagi gospital oldida mashinaga o‘rnatilgan porlovchi qurilma harakatga keltirilishi tufayli kamida 10 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top