09:53 / 12.12.2015
14610

Lola Karimova-Tillayeva rossiyalik marhum rejissyor Eldar Ryazanov xotirasiga iliq so‘zlar bildirdi

Lola Karimova-Tillayeva rossiyalik marhum rejissyor Eldar Ryazanov xotirasiga instagrammdagi sahifasi orqali iliq so‘zlar bildirdi.

”Men bu cheksiz hurmat va muhabbatdan iborat postimni ajoyib usta – Eldar Ryazanovga bag‘ishlamoqchiman. Men u haqda aytilgan hammaga ayon bo‘lgan ma'lumotni yana qayta takrorlamoqchi, o‘tgan hafta turli manbalarda ko‘plab nusxada tarqatilgan bir xil qolipdagi qatorlarni yozmoqchi emasman. Men bu yerda faqatgina uning nodir va hozirda juda kamyob bo‘lib borayotgan ezgulik falsafasi, samimiylik va inson qalbi insonparvarligining chuqurligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men shaxs bo‘lib shakllanayotgan paytimda o‘zimga bu falsafani singdira olish baxtiga muyassar bo‘lganimdan minnatdorman va u biz insoniyatga katta madaniy meros sifatida qoldirgan asarlari chuqurligini anglay oldim, deb umid qilaman. Mening gapimda anglashilmovchilik yo‘q, men Ustaga hozir, ayni daqiqa, ayni fursatda o‘zimning cheksiz hurmatimni bildiraman, chunki inson ruhi abadiy yashaydi, deb ishonaman!” deb iliq so‘zlar bildirib o‘tdi Lola Karimova-Tillayeva ko‘plab mashhur filmlar rejissyori Ryazanov xotirasiga hamda uning ijodiga tegishli she'ridan parcha keltirdi.

Yo, Tangrim, nafas olib-chiqarishga ulgurmay
Kunlar o‘tmoqda charxpalak bo‘ronida.
Hayot – tug‘ilishdan o‘limgacha so‘qmoq,
Notinch, yashirin, yolg‘iz yo‘l biroq.
Tangrim, nafas olib-chiqarishga ulgurmay!

Qor. Va biz ikkimiz quramiz suhbat,
Qanday qilib uzoq qishni yengish haqida.
Uni yengishimiz zarur va darkor
Bahorda eshitish uchun chaqmoqni takror.
Tangrim, rahmat hayot ekanimiz uchun!

Biz qor yoqqanda chiqamiz birga,
Va to‘rtta iz qoladi bizlardan keyin.
Poyafzalimizdan qolgan bu izlar
Ortimizdan qolmay, bizni kuzatar.
Tangri, men bo‘ronga xursandman!

Qani mening birinchi izlarim?
Yo‘limning boshi qor tagida qoldi.
Qolganini ham bo‘ron asta to‘zg‘itar,
Rahmdil taqdirning inoyati ila...
Tangri, rahmat ko‘maging uchun!

Top