13:05 / 12.12.2015
3259

Muxlislar «Latsio» jamoasi bazasi eshigi oldida go‘ng solingan qoplarni qoldirib ketishdi

«Latsio» jamoasining yuz nafarga yaqin muxlisi jamoaning mashg‘ulot bazasi oldiga kelib norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Ular jamoa rahbariyatini haqoratlovchi bir qator banerlar tayyorlashgan hamda o‘zlari bilan 10 qop go‘ng olib kelishgan.

"Siz bizni axlatga g‘arq qilmoqchimisiz? Buni o‘zingiz yeng", deb yozilgan banerlardan birida.

Yana bir baner orqali esa jamoa prezidenti Klaudio Lotito haqorat qilingan.

Qayd etish kerakki, rimliklar Italiya A seriyasida oxirgi marta 28 oktabr kuni g‘alaba qilishgandi ("Atalanta" ustidan 2:1 hisobida). Ayni vaqtda jamoa 15 turdan keyin 19 ochko to‘plagan holda 12 o‘rinda joylashgan (6 g‘alaba, 1 durang va 8 mag‘lubiyat).

16 tur uchrashuvi 14 dekabr kuni "Sampdoriya"ga qarshi kechadi.

Eslatib o‘tamiz, Rim shahrida yashovchi futbol muxlislari o‘z jamoalarining qoniqarsiz natijalariga keskin munosabat bildirishlari bilan ajralib turishadi. O‘tgan oyda "Roma" jamoasining muxlislari "Barselona"dan uchralgan 1:6 hisobidagi  mag‘lubiyatdan keyin jamoa bazasiga 7ta quti sabzi olib kelishgan va futbolchilarni quyonlarga tenglashtirishgandi.

Top