00:44 / 12.12.2015
3393

OAV: Efiopiya poytaxtida portlash sodir bo‘ldi, jarohatlanganlar bor

Portlash mamlakat poytaxti Addis-Abebada sodir etilgan. Bu haqda Fana teleradiokorporatsiyasi ma'lum qilgan.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, noma'lum kimsa Grand Anvar masjidiga granata uloqtirgan. Natijada bir necha kishi jarohatlangan, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmagan.

"Portlash natijasida hech kim halok bo‘lmadi. Jarohat olganlar yaqin shifoxonalarga yotqizildi", - deb radioefirda ma'lum qilgan hukumat vakili.

Ayni damda politsiya vakillari voqea tafsilaotlarini o‘rganmoqda.

Top