08:32 / 12.12.2015
3925

Obama Rossiya bilan kelishmovchiliklarni muzokaralar orqali bartaraf etish mumkinligiga ishonch bildirmoqda

Oq uyning rasmiy vakili Josh Ernest AQSh prezident Barak Obama Rossiya bilan kelishmovchiliklarni oliy darajadagi muzokaralar orqali bartaraf etish mumkinligiga ishonch bildirmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Prezident Obama Putin bilan sentabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasi sessiyasida muzokara o‘tkazdi. Yaqinda ular xorijiy safarlarida Parijda va Turkiyada yetarlicha norasmiy muzokaralar o‘tkazdilar”, deb aytdi Ernest.

Ernestning fikricha, agar AQSh hukumati kelishmovchiliklarni bartaraf etishga javobgar bo‘lsa, unda buni oliy darajadagi muzokaralar orqali amalga oshirish kerak.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti Kerri va Putin o‘rtasida uchrashuv rejalashtirilganini tasdiqlagandi.

Top