10:14 / 12.12.2015
3039

Oq uy: 19 ming nafarga yaqin AQSh harbiy xizmatchisi chet elda joylashtirilgan

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish uchun dunyoning turli 11 mamlakatida AQShning 15 475 nafar harbiy xizmatchisi joylashtirilgan. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Kongressga yuborgan ma'lumotida qayd etilgan.

Kontrterror harakatlarda ishtirok etayotgan AQShlik harbiy xizmatchilar soni joriy yilning 11 iyun holatiga ko‘ra 2 650 kishiga oshgan.

AQShning eng ko‘p harbiy xizmatchisi Afg‘onistonda joylashgan bo‘lib, ularning soni 10,5 ming kishini tashkil etadi. Bu iyun oyiga nisbatan 1,4 mingga ko‘pdir.

Iroqda 3550 nafar harbiy xizmatchi bor. Suriya shimolida esa Suriya muxolifati harbiylar ni tayyorlovchi murabbiylar guruhi ish olib boradi. Hujjatda ma'lum qilinishicha, “zarurat tug‘ilganda Suriyaga 50 nafar harbiy xizmatchi jo‘natiladi”.

Top