05:43 / 12.12.2015
14942

O‘zbekistonlik fermerlar traktor va kombaynlarni borgan sari ko‘proq lizingga olmoqdalar

O‘zbekistonning lizing operatsiyalari strukturasida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishda birinchi o‘ringa traktorlar chiqdi, deb aytdi “O‘zqishxo‘jmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi vakili matbuot-anjumanida.  

Vakilning aytishicha, 2015 yilning 9 oyi mobaynida bu yo‘nalishda traktor va kombaynlar yetakchilik qildi va ularning hissasiga qishloq xo‘jaligi texnikasining jami lizing yetkazib berishlaridan mos ravishda 35-40 foizi va 15-20 foizi to‘g‘ri keldi. Bu davr mobaynida 932 ta traktor sotib olindi. Ulardan eng ko‘pi Xorazm (85), Namangan (71) va Samarqand (71) viloyatlariga yetkazib berildi.

“O‘zbekistonda ko‘plab traktor va kombayn turlari ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilishi bilan ularning narxi arzonlashdi va buning evaziga fermer va dehkonlar ko‘proq texnika sotib olishmoqda. Hozirda imtiyozli shartlarda lizingga oson sotib olish mumkin bo‘lgan traktor va mini-texnikaga talab katta”, deb aytmoqda vakil.

Texnika xarid qilishga yana bir sabab, O‘zbekistonda oxirgi yillarda bog‘dorchilik xo‘jaliklari maydoni keskin, ya'ni 2,8 ming gektardan 55,8 ming gektargacha oshdi. Natijada bog‘dorchi fermerlar o‘rtasida mini-traktorlar va boshqa maxsus texnika turlariga talab oshdi.

9 oy mobaynida lizingga umumiy qiymati 202,6 mlrd so‘mni tashkil qiladigan 3,4 mingta texnika yetkazib berildi. Lizing kompaniya lizing asosida 690 ta turli rusumdagi traktorlar, 132 ta shudgorlash traktori, 30 ta bog‘dorchilik va transport traktori, g‘alla yig‘uvchi kombaynlar va 2,5 mingga yaqin boshqa texnika turlarini yetkazib berdi.

2001-2014 yillar mobaynida kompaniya tomonidan 1,4 trln so‘mlik lizing xizmatlari ko‘rsatildi, 52 mingdan ko‘proq qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingga berildi.

Top