15:15 / 12.12.2015
13441

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan tumani hokimi Pop tumani hokimi etib tayinlandi.

10 dekabr kuni xalq deputatlari Pop tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Namangan viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va ma'ruza qildi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi Bohodir Rahmonov lavozimidan ozod etildi.

Shu kunga qadar Namangan tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Javlonbek Yo‘ldoshev Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyat hokimligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining 6-sessiyasi bo‘lib o‘tgan, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, viloyatga yangi hokim tayinlagandi.

Top