12:48 / 12.12.2015
5683

"Sevilya" bosh murabbiyi "Sporting"ga qarshi o‘yin arafasida noqulay vaziyatga tushib qoldi

12 dekabr kuni Ispaniya chempionatining 15-turi doirasida o‘tkaziladigan "Sevilya" va "Sporting" jamoalari uchrashuvidan oldin odatdagidek matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Lekin bu safar matbuot anjumani biroz noodatiy ko‘rinishda o‘tdi.

Mezbonlar ustozi Unari Emeri matbuot anjumani o‘tadigan xonaga kirib kelganida bironta jurnalist yo‘qligini ko‘rdi", deb xabar bermoqda AS nashri tvitteri.
Murabbiy bu vaziyatda xotirjamligini yo‘qotmagan.

"Bu yerda hech kim yo‘q! Xayrli kech. Kel(ma)ganinglar uchun rahmat", degan Emeri yolg‘iz o‘zi o‘tirgan holda.
Shundan so‘ng, u kulganicha xonani tark etgan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida g‘alaba qilgan, La Ligada beshinchi o‘rinni egallagan "Sevilya" jamoasi ayni vaqtda turnir jadvalining 10 pog‘onasida (14 o‘yindan 19 ochko jamg‘argan) bormoqda. Jamoa YeChLni guruh bosqichida (Lekin guruhda uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi) tark etdi.

Top