18:53 / 12.12.2015
3034

Turkmaniston prezidenti Atambayev bilan uchrashuvda sayyohlik sohasidagi aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risida gaplashdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxobodda o‘tkazilayotgan BMT Bosh assambleyasi tomonidan Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan “Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lida xalqaro hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi.

Uchrashuv vaqtida tomonlar hududiy va xalqaro siyosat bobida suhbat qurishib, o‘zaro qiziqishlari bo‘yicha fikrlar bildirishgan. Tomonlar ikki davlatning iqtisodiy sohadagi navbatdagi hamkorliklari hamda MDH doirasidagi aloqalar to‘g‘risida ham gaplashishgan.

Turkmaniston prezidenti va uning yuqori martabali mehmoni turkman-qirg‘iz munosabatlarining istiqbollarini muhokama qilishgan va o‘zaro hamkorlikni yangi yo‘nalishlarda rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish haqida gaplashilgan.

Top