12:46 / 12.12.2015
5777

Vilnyus va Moskva o‘rtasida temir yo‘l qatnovi to‘xtatildi

“Litva temir yo‘llari” davlat kompaniyasi Vilnyus-Moskva-Vilnyus yo‘lovchi qatnovini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda TASS.

“Ushbu yo‘nalishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi qatnovi yo‘lovchilar oqimining kamayib ketishi munosabati bilan to‘xtatildi”, — deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, bu Litva tomonidan Rossiya yo‘nalishida yopilgan ikkinchi yo‘lovchi qatnovidir. Birinchisida ham yo‘lovchilar oqimining tushib ketishini sabab qilib ko‘rsatishgan edi.

Joriy yilning 1 iyunida Vilnyus va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi qatnov to‘xtatilgan edi.

Top