14:50 / 12.12.2015
8721

Xitoyda batareyasi “tugamaydigan” smartfon ishlab chiqarildi

Xitoy korporatsiyasi Oukitel K10000 nomli smartfon ishlab chiqardi. Ushbu smartfonning akkumulyatori sig‘imi 10 ming A•soat. Bu 10-15 kungacha smartfon quvvatlanishga ehtiyoj sezmaydi, degani. “Hormas-tolmas” smartfonga oldindan buyurtma berish boshlanib ketgan. Bu haqda terabayt.uz xabar yozgan.

Oukitel K10000 smartfonining yana bir xususiyati boshqa telefonni zaryadlash olishidir. Masalan, akkumulyator sig‘imi 1715 A•soat bo‘lgan IPhone 6S smarfonini K10000 osongina “to‘ydirishi” mumkin.

Ta'kidlanishicha, Oukitel K10000 to‘la quvvat olishi uchun 3,5 soat talab etiladi.

Shu bilan birgalikda, smartfonning ayrim kamchiliklari yo‘q emas. 1 GGtsli protsessor Android Lollipop 5.1 tizimida ishlaydi. Bu esa selfi ishtiyoqmandlariga xush kelmasligi tayin, chunki asosiy kamerasi 8 megapiksel bo‘lgani bilan old kamera 2 megapiksel.

Top