08:31 / 13.12.2015
2294

Anqara Hurriyet tahririyati binosiga qurolli hujum bo‘lgani haqidagi xabarni inkor qildi

Turkiyaning Anqara shahridagi Hurriyet gazetasi tahririyati binosiga qurolli hujum amalga oshirilmagan. Bu haqda shahar gubernatorining matbuot xizmatiga asoslanib, Memurlar nashri xabar tarqatgan.

"12 dekabr kuni soat 17:00da bir qancha nashrlar media-markazga qurolli hujum uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berishdi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, bu ma'lumot tasdiqlanmadi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, binodagi shikastlanishlar, xususan derazalardagi darz ketishlar o‘q tufayli emas, balki harorat ortishi tufayli bo‘lishi mumkin.

Bundan oldinroq, Anqarada Hurriyet gazetasi tahririyati binosini o‘qqa tutishgani haqida xabar qilingandi.

Top